Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

«Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» 4-mavsumga uzaytirildi

Amazon «Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» fentezi-serialini 4-mavsumga uzaytirdi. Tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan, suratga olish 2027 yil bahorida Buyuk Britaniyada boshlanadi.

25-noyabr, 19:52По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Davomiy mavsum ustidagi ishlar preprodakshen bosqichida, suratga olish esa 2027 yil bahorida Shepperton Studios studiyasida boshlanishi rejalashtirilgan. Serial shourannerlari va ijrochi prodyuserlari Jey Di Peyn hamda Patrik Makkey loyiha ustidagi ishga qaytadi.

Toʻrtinchi mavsumda Charli Vikers, Morfidd Klark, Jeymi Kempbell Bauer va Robert Aramayo kabi asosiy aktyorlar rol oʻynashi kutilmoqda. Amaldagi jadval saqlansa, premyera 2028 yilda boʻlishi mumkin. Peyn va Makkey avvalroq serial uchun besh mavsumlik reja ishlab chiqqanini aytgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media