Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Fitch «Oʻzbekneftgaz» reytingi prognozini ijobiy tomonga oʻzgartirdi

Fitch «Oʻzbekneftgaz»ning reytingini BB darajasida tasdiqlab, prognozni barqarordan ijobiyga oʻzgartirdi. Qaror 2026-yilda gaz tariflari oshirilganidan keyin qarz koʻrsatkichlari yaxshilangani bilan bogʻliq.

17-noyabr, 19:19По-русски

Read in English

Fitch Ratings «Oʻzbekneftgaz» AJning uzoq muddatli reytingini BB darajasida tasdiqladi va prognozni barqarordan ijobiyga oʻzgartirdi. Kompaniya reytingi Oʻzbekistonning suveren reytingiga tenglashtirilgan.

Agentlik kompaniyaning mustaqil kredit qobiliyatiga bergan bahosini b dan b+ gacha oshirdi. Bunga 2026-yilda UzGasTrade uchun gaz narxi jami 67 foizga oshib, 1 ming kub metr uchun 82 dollarga yetgani ortidan qarz yukining kamaygani sabab boʻlgan. Fitch yaqin toʻrt yil ichida sof qarzning EBITDAga nisbati 3–4x doirasida qolishini kutmoqda.

Shu bilan birga, konlarning kamayib borayotgan zaxiralari sabab gaz qazib olish hajmi qisqarmoqda: 2021-yildagi 33,9 mlrd kub metrdan 2025-yilda 25,2 mlrd kub metrgacha. Kompaniya 2026-yilda bu koʻrsatkich 22,8 mlrd kub metr boʻlishini kutmoqda.

Xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan GTL zavodi atrofida ham noaniqlik saqlanib qolmoqda: kompaniya EBITDA koʻrsatkichining qariyb chorak qismi va yalpi qarzining 40 foizi shu zavod hissasiga toʻgʻri keladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media