Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Bruno Fernandes «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma muzokaralarini kechiktirdi

«Manchester Yunayted» sardori Bruno Fernandes yangi shartnoma taklifini tasdiqladi, biroq jamoa va klubdagi vaziyat sabab muzokaralarni kechiktirdi.

23-noyabr, 18:30По-русски

Read in English

sports.ru

Fernandes hozir yangi kelishuv boʻyicha muhokama olib borilmayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, klub shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, biroq jamoa yana gʻalaba qozona boshlashi muhimligi sababli bu masalaga keyinroq qaytishga qaror qilgan.

Futbolchi maoshini oshirishni yoki shartnomasini uzaytirishni talab qilayotgani haqidagi gaplarni rad etdi. Uning aytishicha, avvalroq unga yuqoriroq maoshli takliflar va «Manchester Yunayted»ni tark etish imkoniyati boʻlgan, biroq u har safar klubda qolishni tanlagan.

Shartnoma oʻtgan mavsum yakunida va joriy mavsum boshida muhokama qilingan. Fernandes rahbariyat unga klubdan ketib, boshqa yoʻlga oʻtish vaqti kelgan deb hisoblasa, klubni tark etishga tayyorligini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media