Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Turkiya chiqindilar sohasidagi hamkorlikni davom ettiradi

Oʻzbekiston va Turkiya chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlikni davom ettiradi hamda amaliy tajriba almashadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

17-noyabr, 19:14По-русски

Read in English

Tegishli agentlik rahbari Sharifbek Xasanov va Turkiya Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim vazirligi vakili Fotih Turanbey oʻrtasidagi muzokaralarda kelishuvga erishildi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Turkiyada chiqindilarni yigʻish, saralash va keyinchalik qayta ishlash qanday yoʻlga qoʻyilgani boʻldi. Suhbat chogʻida yangi avlod ekologik texnologiyalari hamda har ikki mamlakat chiqindilar sohasida hozir yuz berayotgan oʻzgarishlar ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston tomoni Turkiyaning qaysi yechimlarini mahalliy sharoitga joriy etish mumkinligi bilan qiziqdi. Yakunda hamkorlar kelgusida ham oʻz tajriba va ishlanmalari bilan boʻlishish, amaliy darajadagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda vaqt oʻtishi bilan qoʻshma loyihalarga oʻtishga kelishib oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media