Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi

Mukofot uchun Lionel Messi, Lamine Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usmon Dembele boʻlgan.

18-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp futbolchi «PSJ»dan: parijliklar safidan sakkiz nafar nomzod bor — Usmon Dembele, Desire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.

«Barselona»dan toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamine Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — namoyish etadi. «Arsenal»dan yana uch nafar nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan qatnashadi. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslayi va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media