Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekistonda korrupsiya jinoyatlari uchun sudlanganlarga qator cheklovlar nazarda tutiladi

Oʻzbekistonda korrupsiya jinoyatlari uchun sudlanganlar elektron reyestri nizomi loyihasi tayyorlandi. Unda davlat xizmati, saylanadigan lavozimlar va davlat xaridlariga cheklovlar nazarda tutilgan.

24-noyabr, 11:59По-русски

Read in English

Shutterstock

Loyiha 8 dekabrgacha jamoatchilik muhokamasida boʻladi. U 2026 yil iyunida korrupsiya jinoyatlarini sodir etganlar elektron reyestri haqidagi qonun qabul qilingach tayyorlangan.

Reyestrga kiritish uchun kuchga kirgan ayblov hukmi yoki sud ajrimi asos boʻladi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlarni uch ish kuni ichida kiritishi kerak boʻladi. Reyestrni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va IIV yuritadi, maʼlumotlar esa sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.

Reyestrga kiritilganlarga davlat xizmatiga kirish, davlat mukofotlarini olish, saylanadigan lavozimlarga va alohida tayinlash tartibidagi lavozimlarga nomzod boʻlish taqiqlanadi. Shuningdek, ularning davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarga aʼzoligi cheklanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bunday shaxs taʼsis etgan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari va davlat-xususiy sheriklik bitimlaridagi ishtiroki, ustav fondining 50 foizidan ortigʻi unga tegishli boʻlsa, cheklanishi mumkin. Bundan tashqari, loyiha davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlar va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallashni taqiqlaydi.

Reyestr haqidagi maʼlumotlarni davlat xizmatlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va komplayens-nazorat boʻlinmalari orqali olish mumkin boʻladi.