Polsha va Shvetsiya Millatlar ligasi oʻyinida gʻolibni aniqlay olmadi
Polsha va Shvetsiya UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 mavsumi guruh bosqichining yakunlovchi, 6-turida 1:1 hisobida durang oʻynadi.
19-noyabr, 11:51По-русски

championat.com
B ligasi 4-guruhidagi uchrashuv 17 noyabr kuni Vrotslavdagi «Tarchinski Arena» stadionida boʻlib oʻtdi. Jamoalar har ikki golni ham birinchi boʻlimda urdi.
Polsha hujumchisi Adrian Benedyczak 16-daqiqada himoyachi Arkadiush Pyrkaning uzatmasidan soʻng hisobni ochdi. Oradan sakkiz daqiqa oʻtib, Shvetsiya javob qaytardi: yarim himoyachi Hugo Larsson hujumchi Viktor Gyokereshning pasini golga aylantirdi.





