Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Ebola virusi sabab AQShga uchadigan yoʻlovchilar uchun yangi qoidalar joriy etildi

2026-yil 16-noyabrdan AQShga xalqaro reyslar yoʻlovchilari soʻnggi 21 kun ichida Kongo Demokratik Respublikasida boʻlmaganini tasdiqlashi shart.

17-noyabr, 19:09По-русски

Read in English

Chora Ebola virusi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etildi va 2027-yil 16-fevralgacha amal qiladi.

Bu haqda Uzbekistan Airways AQSh Transport xavfsizligi maʼmuriyati (TSA) hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) talablariga tayanib maʼlum qildi.

AQShga reysga chiqishdan oldin har bir yoʻlovchi uchishdan avvalgi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida boʻlmaganini tasdiqlovchi maxsus deklaratsiyani (Attestation) toʻldirishi kerak. Hujjat roʻyxatdan oʻtish paytida, shuningdek, samolyotga chiqish darvozasida yana bir bor tekshiriladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Qoida faqat AQShga uchayotganlarga taalluqli emas. U tranzit yoʻlovchilarga, shuningdek, AQShdan uchib ketayotganlarga ham tatbiq etiladi.

Aviakompaniya safarni rejalashtirishda yangi talablarni hisobga olishni va barcha tartib-taomillardan oʻtishga ulgurish uchun aeroportga oldindan kelishni tavsiya qildi.

Avvalroq BMT Ebola avj olishlari davom etayotgan Kongo Demokratik Respublikasiga jahon hamjamiyatini faolroq yordam berishga chaqirgan edi.