Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Toshkentda yurish va festival boʻlib oʻtadi

18 noyabr kuni Toshkentda harbiy xizmatchilar yurishi va Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilinganining 35 yilligiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtadi. Yurish soat 11:00 da, festival esa soat 17:00 da boshlanadi.

18-noyabr, 13:12По-русски

Read in English

Unda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya ishtirok etadi.

Harbiy idora maʼlumotiga koʻra, soat 11:00 da Gʻalaba bogʻida koʻrgazmali chiqishlar boshlanadi. Shundan soʻng kolonna Sagʻbon va Zarkaynar koʻchalari boʻylab, Chorsu bozori hamda Toshkent sirki yonidan oʻtib, Xalqlar doʻstligi maydoniga yoʻl oladi. U yerda koʻrgazmalar, Faxriy qorovul va qoʻl jangi ustalarining chiqishlari, shuningdek, harbiy orkestr paradi tayyorlangan.

Shu kuni «Yagona bayroq ostida» estafetasi ishtirokchilari poytaxtga yetib keladi. Ular 11 noyabr kuni Nukus, Termiz va Andijondan yoʻlga chiqib, jami 2440 km masofani bosib oʻtdi. Aksiya tashkilotchisi — hamkorlar bilan birgalikda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.

Bayram Oʻzbekiston bayrogʻi festivali bilan yakunlanadi: u soat 17:00 da Xalqlar doʻstligi maydonida boshlanadi. Tashkilotchilar soʻzlariga koʻra, maydon uzra bayroq oʻrnatilgan vertolyot uchib oʻtadi, kechqurun esa dron-shou namoyish etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media