“Leykers” NBAda 9 gʻalabali seriyasini “Yuta”ga sensatsion tarzda boy berdi. Donchich — 29 ochko
“Yuta Jass” NBA muntazam chempionatida “Los-Anjeles Leykers”ni 109:97 hisobida magʻlub etdi. Bu mezbonlarning 9 gʻalabali seriyasini toʻxtatdi.
19-noyabr, 13:30По-русски

championat.com
“Yuta” Los-Anjelesda 109:97 hisobida gʻalaba qozondi. Bu magʻlubiyat “Leykers”ning ketma-ket 9 gʻalabasiga chek qoʻydi.
Gʻoliblar safida eng sermahsul oʻyinchi Keyonte Jorj boʻldi. Pleymeyker-himoyachi 30 ochko va 10 ta uzatma bilan dabl-dabl qayd etdi. Mezbonlar tarkibida Luka Donchich 29 ochko, 5 ta ribaund va 7 ta uzatma jamgʻardi.
21 noyabr kuni “Leykers” “Sakramento Kings”ni qabul qiladi, “Yuta” esa oʻz maydonida “Finiks Sans”ga qarshi oʻynaydi.





