Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

«Voyajer-1» Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasini bosib oʻtdi

NASAning «Voyajer-1» zondi Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasi marrasidan oʻtdi: signal apparat va sayyora oʻrtasida 24 soat yoʻl bosadi.

18-noyabr, 17:35По-русски

Read in English

18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:16 da «Voyajer-1» Yerdan 25 902 068 356 km uzoqlikda boʻldi. NASA maʼlumotlariga koʻra, bu inson tomonidan yaratilgan apparat sayyoradan ilk bor shunchalik uzoqlashganidir.

Bu chegara radio signalining zondga yetib borishi uchun 24 soat, Yerga qaytishi uchun esa yana 24 soat kerakligini anglatadi. Apparat yulduzlararo fazo haqida ilmiy maʼlumotlarni uzatishda davom etmoqda, biroq energiya zaxirasi cheklangani sabab NASA uning asboblarini bosqichma-bosqich oʻchirmoqda.

Zond 2012 yilda Quyosh shamoli taʼsiridagi hudud — geliosferani tark etib, yulduzlararo muhitga kirgan. NASA bahosiga koʻra, «Voyajer-1» Oort bulutining ichki chegarasigacha yetib borishi uchun taxminan 300 yil, butun hududni kesib oʻtishi uchun esa qariyb 30 ming yil kerak boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media