Josh Hokit UFCʼning yarim ogʻir vazniga oʻtishiga ishora qildi
UFC chempionligi uchun sobiq daʼvogar Josh Hokit Carlos Ulbergning Navajo Stirling bilan jangi bekor boʻlgani haqidagi xabardan keyin yarim ogʻir vaznga oʻtishga tayyorligiga ishora qildi.

Hokit X ijtimoiy tarmogʻida UFC yarim ogʻir vazn toifasi chempioni Carlos Ulberg jamoadoshi va magʻlubiyatga uchramagan vatandoshi Navajo Stirling bilan jang qilmaslikka qaror qilganiga munosabat bildirdi.
«Bu daydi divizionni ham qutqarishimga toʻgʻri keladi. Kimga qoʻngʻiroq qilish kerakligini bilasizlar», — deb yozdi amerikalik. Shu tariqa u 93 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasiga oʻtishi va chempionlik poygasida qatnashishi mumkinligiga ishora qildi.
Hokit professional MMA faoliyatida 10 ta gʻalaba qozongan, ulardan oltitasini nokaut bilan qoʻlga kiritgan, shuningdek, bir marta magʻlub boʻlgan. U 2023-yil 7-oktabr kuni Bellator 300 turnirida debyut qilgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33


