Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

«Oltin tub» serialining uchinchi mavsumi yanvarda boshlanadi — u final mavsum boʻladi

«Oltin tub» kriminal serialining uchinchi mavsumi 2027-yil yanvarida namoyish etiladi, deb xabar berdi «Ivi» va Start onlayn kinoteatrlari. U serialning final mavsumi boʻladi. Premyeraning aniq sanasini keyinroq eʼlon qilishga vaʼda berishdi.

27-noyabr, 17:10По-русски
championat.com

Serial syujeti yirik qurilish xoldingi egasining oilasi atrofida rivojlanadi. U vafot etgach, merosxoʻrlar bir milliardlik boylikni boʻlib olishga kirishadi. Chet kishilar — sobiq amaldor va marhumning biznes hamkori — ham oʻz ulushini olishni istashadi.

Yangi mavsumda «Galaktika»dagi kuchlar nisbati butunlay oʻzgaradi. Bobo qamoqqa tushadi, Dima butun kompaniyani boshqarishni oʻz zimmasiga oladi, Parshina esa aksiyalarning nazorat paketini qoʻlga kiritadi.

Serialda avvalgi mavsumlarning bosh yulduzlari — Yuliya Snigir, Pavel Popov, Valeriy Karpov va Aleksey Guskov yana ishtirok etadi. Ssenariy ustida yana Sergey va Dmitriy Minaevlar ishlagan, rejissyor esa Ilya Yermolov boʻlib qolgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media