Remus Gmail xabarlarini soxta Google Sheets kengaytmasi orqali oʻgʻirlaydi
GenDigital va Invoke RE aniqlashicha, Remus Gmail xatlarini zaiflik orqali emas, parol almashtirilgach va sessiyalar bekor qilingach ham ishlaydigan yashirin Chrome kengaytmasi orqali oʻgʻirlaydi.

Tadqiqotchilar operatorlari «nol kunlik zaiflik» sifatida targʻib qilgan Remus aslida Chromeʼning zararli kengaytmasi bilan bogʻliqligini aniqladi. 8 noyabr kuni stealer dasturini ishlab chiquvchilar u parol almashtirilgach va barcha sessiyalar tugatilgach ham pochtaga kirishni saqlab qolishini aytdi, biroq Hudson Rock bu daʼvoni tasdiqlovchi texnik dalillarni topmadi.
Remus moduli kengaytmani native DLL orqali oʻrnatadi. U «Google Sheets» qiyofasiga kirib, Google Docs Offline tavsifidan nusxa oladi va barcha saytlarga kirishni soʻraydi. Chrome 137 va undan keyingi versiyalardagi cheklovlarni chetlab oʻtish uchun dastur brauzer profilini oʻzgartiradi va unpacked kengaytmalarni ishga tushirish uchun zarur boʻlgan ishlab chiquvchi rejimini yoqadi.
Kengaytma har daqiqada 10 tagacha Gmail akkauntini tekshiradi va oʻqilmagan xatlarni toʻliq koʻchirib oladi. Boshqaruv serveriga mavzu, matn, joʻnatuvchi manzili, jabrlanuvchi manzili va kampaniya identifikatori yuboriladi. Yuborilmagan maʼlumotlar navbatga qoʻyiladi, mahalliy qayd esa ularni qayta joʻnatishga yoʻl qoʻymaydi. Faol sessiya tugagach, pochtaga kirish toʻxtaydi va foydalanuvchi akkauntiga qayta kirganida tiklanadi.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17


