Politsiya Batumi stadionidagi tartibsizliklar paytida Beşiktaşning 16 muxlisini qoʻlga oldi
Batumida politsiya Yevropa ligasining Xapoelga qarshi uchrashuvidagi tartibsizliklardan soʻng Beşiktaşning 16 muxlisini qoʻlga oldi. Uch politsiyachi jarohatlandi.

Batumi stadionidagi uchrashuv 30 daqiqadan koʻproq vaqtga toʻxtatildi: 26-daqiqada hakam Morten Krog tribunadagi toʻqnashuvlar sabab jamoalarni tribuna ostidagi xonalarga yubordi. Gruziya IIV maʼlumotiga koʻra, tartibsizliklarda uch politsiyachi jarohatlangan.
Uchrashuv neytral maydonda oʻtkazildi, chunki Turkiya tomoni uni Istanbulda «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» oʻtkazish imkonsizligini bildirgan. Birinchi boʻlimda Beşiktaş muxlislari Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi bannerni ochib, Falastin bayrogʻini koʻrsatdi. Shundan soʻng gruziyalik politsiyachilar tribunaga koʻtarilib, ayrim muxlislarga kuch ishlatdi. Oʻyin qayta boshlanishidan oldin futbolchilar tomoshabinlarni tinchlantirishga urindi. Beşiktaş 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.





